Özbekiston Superligasining 3-turi doirasida Olmaliqning OKMK klubi Qöqonning «Qöqon-1912» klubini qabul qildi va yirik hisobda ğalaba qozondi. Mirjalol Qosimov şogirdlari bu öyinda 7:1 hisobida ustun kelişdi.

Öyinda hisob 10-daqiqadayoq oçildi, mezbonlar hujumçisi Zafar Polvonov Jasur Hasanovning pasidan keyin ötkir burçakdan kuçli va aniq zarba berdi - 1:0.

Öyinning 27-daqiqasida mehmonlar a'zosi Iqbol Malikjonov ikkinçi sariq kartoçkani oldi va jamoadoşlarini qiyin ahvolda qoldirib maydonni tark etdi.

32-daqiqada esa burçak zarbasi amalga oşirilib, raqib jarima maydonçasida töğri joy tanlay olgan Dilşod Jörayev mezbonlarning ustunligini oşirdi, bu golga ham Jasur Hasanov hammualliflik qildi. 35-daqiqada esa Zafar Polvonov darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borib, birinçi bölimdayoq hisobni yirik körinişga keltirdi - 3:0.

Ikkinçi bölimni esa qöqonliklar faollik bilan boşlaşdi va 55-daqiqada Quvondiq Röziyev penalti işladi, mehmonlar jamoasining «ştatdagi penaltiçi»si Murod Xolmuhammedov xotirjamlik bilan töpni darvoza töriga joyladi - 3:1.

71-daqiqada esa mehmonlarning yana bir vakili Oybek Rustamov qizil kartoçka olib maydonni tark etdi.

Öyinning qolgan qismida mezbonlar mehmonlar darvozasiga yana 4ta gol yöllaşdi, Dilşod Jörayev 74-daqiqada penaltidan ikkinçi golini urdi, Zafar Polvonov esa 76, 79 va 90-daqiqalarda aniq harakat qilib, penta-trikni rasmiylaştirdi - 7:1. Unga ikki golda Zohir Pirimov yana bir golda San'at Şixov assistentlik qildi.

Şu tariqa, Qosimov şogirdlari mavsumdagi birinçi ğalabasini öta yirik hisobda nişonladi.

Bu olmaliqlar jamoasi 2016 yildan beri birinçi marta «Qöqon-1912»ni mağlub etişi böldi. Jamoalar bungaça Özbekiston çempionati doirasida özaro 10 marta duç kelişgan, şundan 5tasida OGMK, 3tasida «Qöqon-1912» ğalabaga erişgan, yana ikki öyin durang bilan yakunlangandi.

Qolaversa, bu öyin OKMK uçun mavsumdagi ilk ğalabadir, bungaça jamoa bir durang («Buxoro»ga qarşi 0:0) va bir mağlubiyat («Qizilqum»ga qarşi 1:3) qayd etgandi.

Yirik hisobdagi ğalabadan keyin OKMK oçkolari sonini 4taga yetkazib, turnir jadvalida 13-örindan 3-öringa kötarildi, «Qöqon-1912» esa 2 oçkosi bilan 11-örinda joylaşgan.

Olmaliqlar hujumçisi Zafar Polvonov esa bir urinişda turnir töpurarlari peşqadami bölib oldi. U 3ta gol bilan peşqadam bölib turgan Dragan Çeranni («Paxtakor») quvib ötgan.

CA ma'lumotiga köra, Zafar Polvonov keyingi 12 yilda Özbekiston çempionatida bir öyinda beşta gol urgan dastlabki futbolçiga aylandi. 2006 yilgi mavsumda uç futbolçi penta-trik qayd etgan: «Neftçi» hujumçisi Nosirbek Otaqöziyev, «Dinamo» vakili Hamdam Rahmonov va «Navbahor» legioneri Orif Mirzoyev.

Superliga, 3-tur
OKMK — QÖQON-1912 7:1
Gollar: 10, 37, 75, 79, 90 - Zafar Polvonov, 32, 72 - Dilşod Jörayev - 56, Murod Xolmuhammedov.
OKMK: Akbar Törayev, Akmal Şorahmedov, Dilşod Jörayev, Boburbek Yuldaşov, Saydulla Rahmatov, Mirolyub Kostiç (Şerzod Fayziyev, 76), Mirjamol Qosimov, Murodjon Toşmatov (Kamron Saidazimov, 46), Zohir Pirimov, Jasur Hasanov (San'at Şixov, 80) Zafar Polvonov.
«Qöqon-1912»: Boyan Knejyeviç, Muhammadanas Hasanov (Avazxon Mamatxöjayev), Quvondiq Röziyev, Javohir Esonqulov, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov (Miloş Nikoliç, 46), Iqbol Malikjonov, Timur Usmonov (Şaxboz Erkinov, 46), Aleksandr Merzlyakov, Marko Miliç, Murod Xolmuhammedov.
Ogohlantiriş: Iqbol Malikjonov (20)
Çetlatişlar: Iqbol Malikjonov (27), Oybek Rustamov (74)