Pentagon rahbari vazifasini bajaruvçi Patrik Şanaxanning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Rossiya va Xitoy bilan kosmik makonda ziddiyat tarqalib ketişining oldini olişga harakat qiladi. Uning Koloradodagi Kosmik simpoziumda sözlagan nutqi Stars and Stripes naşri tomonidan keltirilgan.

Şanaxanning sözlariga köra, AQŞ «buyuk davlatlar örtasidagi raqobat davrida» yaşamoqda, keyingi keng kölamli nizo esa, katta ehtimol bilan, kosmosda yuz beradi.

«Bu bölajak yoki nazariy jihatdan tahdid emas, bu bugungi xavf. Biz jim kuzatib ötirmaymiz - biz harakat qilamiz», - dedi Şanaxan.

AQŞ Mudofaa vazirligi vaqtinçalik rahbari ta'kidlaşiça, Xitoy harbiylari Vaşingtonning kosmosdagi ustunligiga tezda yetib olişi mumkin. Uning sözlariga köra, Pekin butun dunyo böylab kuçlar va qurollarni boşqariş hamda aloqa uçun yaratilgan Pentagonning yuzdan ziyod harbiy sun'iy yöldoşini yöq qiliş yoki işdan çiqariş imkoniga ega bölgan qurol yaratmoqda.

Bundan taşqari, Şanaxanning ogohlantirişiça, bir yil davomida xitoyliklar past orbital kosmik datçiklarga yönaltirilgan yer usti lazerli tizimlarni joylaştirişi mumkin. Naşr qayd etişiça, uning sözlari Mudofaa vazirligining idora kosmik faoliyatni qayta taşkil etiş böyiça taklifini himoya qiladigan eng jiddiy argument bölib xizmat qiladi.

Bundan oldin, Tramp AQŞ, Rossiya va Xitoyning mudofaaga xarajatlarini baholagandi.