Tijoriy sunʼiy yöldoş Xalqaro kosmik stansiyani (XKS) suratga olib, orbital laboratoriyani ğayrioddiy rakursdan - tepadan köriş imkonini berdi.
Odatda odamlar XKSni Yerdan yoki uning bortidagi astronavtlar közi bilan köradi: astronavtlar illyuminatorlardan stansiya modullari, quyoş batareyalari va ilmiy asboblarni kuzatadi. Biroq Avstraliyaning HEO kompaniyasi X ijtimoiy tarmoğida eʼlon qilgan suratda stansiya butun körki bilan - töliq holda va ğayrioddiy rakursdan, yaʼni tepadan körinadi.
HEO Yer atrofidagi past orbitada harakatlanuvçi sunʼiy yöldoşlardan boşqa kosmik apparatlarni suratga oliş uçun foydalanişga ixtisoslaşgan. Uzoqroq istiqbolda kompaniya kuzatuvlarni Yer atrofidagi fazodan ança olisdagi obyektlarga, hatto Quyoş tizimining turli hududlarigaça kengaytirmoqçi.
Şu bilan birga, HEO suratga oluvçi sunʼiy yöldoşlarni özi işlab çiqarmaydi. Kompaniya öz dasturiy taʼminotidan foydalanadi. Bu dastur belgilangan obyektlar kuzatuv hududiga kirganida kosmik apparatlarni öşa obyektlar tomon yönaltiradi.
Xususan, XKSning tepadan olingan uşbu taʼsirçan suratini AQŞning Virjiniya ştatida joylaşgan BlackSky kompaniyasiga tegişli sunʼiy yöldoş olgan. BlackSky Yerdan taşqaridagi obyektlarni suratga oliş böyiça kelişuv doirasida HEO bilan hamkorlik qiladi.
Hozirgaça HEO va uning hamkorlari orbitadagi turli kosmik apparatlarning tasvirlarini olgan. Ular orasida XKS, Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasi va Rossiyaning «Resurs-P» № 1 apparatining parçalanişidan oldingi tasvirlari ham bor.
Sunʼiy yöldoşlar Yer ustida şunçaki harakatsiz muallaq turgandek tuyulişi mumkin. Aslida esa Yer yuzasidan yuzlab kilometr balandlikdagi past orbitada harakatlanayotgan XKS va boşqa kosmik apparatlar soatiga qariyb 28 160 kilometr tezlikda uçadi.
Şu sababli bir sunʼiy yöldoşning boşqasini suratga olişi oddiy voqea emas. Bunday tasvirni oliş uçun harakatlarni aniq muvofiqlaştiriş va yuqori darajadagi texnik mahorat talab etiladi: operatorlar obyekt kerakli holatda böladigan paytni oldindan hisoblab çiqişi, sunʼiy yöldoş uskunalari esa zarur aniqlikda suratga oliş imkonini berişi kerak.












