Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi hamda Visa xalqaro tölov tizimi iştirokida “Uzcard terminal tarmoğida Visa kartalarining ekvayringini taşkil etiş” loyihasi muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi. Unga köra, “Kapitalbank” ning POS va ATM terminallari Visa xalqaro kartalariga xizmat körsatişga tayyorlandi.
Özbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan qolgan banklar Visa tomonidan belgilangan majburiy tartib-qoidalar bajarilganidan söng, Visa kartalari ekvayringini Uzcard terminal tarmoğida yölga qöyişlari mumkin. Belgilangan tartib-qoidalar amalga oşirilganidan söng, bank tomonidan savdo-xizmat körsatiş taşkilotlariga Visa kartalari qabul qilinişi uçun xizmat körsatiladi. Visa xalqaro kartalarining mahalliy terminal tarmoğida qabul qilişdagi komission tölovlar har bir bank tomonidan mustaqil ravişda belgilanadi.
“Özbekistonda savdo-xizmat taşkilotlari uçun Visa kartalariga xizmat körsatiş imkoniyati amalga oşirilganidan xursandmiz. Uşbu taşabbuskorlik butun mamlakatda naqdsiz iqtisodga ötiş jarayonini tezlaştirişga turtki böladi. Mamlakatda naqdsiz tölovlar hamda Özbekiston tölov tizimi rivojlanişiga asos yaratuvçi muhit paydo bölişi muhim”, – deydi Markaziy Osiyo mamlakatlari Visa xalqaro tizimining Boş menedjyeri Galim Tabildiyev.
Visa xalqaro tölov tizimining asosiy talablari qatorida PCI DSS, PCI PIN Security va Visa PIN Security standartlariga muvofiqlik tasdiğiga ega böliş hisoblanadi. Jumladan, kompaniyamiz uşbu sertifikatsiyalardan muvaffaqiyatli ötgani mahalliy terminallar tarmoğida Visa xalqaro kartalari yordamida tölovlarni amalga oşirişga asos yaratib berdi.
POS-terminallar Visa kartalarini qabul qilişlari uçun savdo-xizmat taşkilotlari egalari xizmat körsatilayotgan bankka murojaat etişlari örinlidir.
Ta'kidlaş joizki, Visa kartalari yordamida qayd etilgan yillik tovar aylanmasi 4,8 trillion AQŞ dollariga teng.
Reklama huquqi asosida











