Uzcard va Humo kartalarini ham “tez orada” Apple Pay xizmatiga ulaş mumkin böladi. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki maʼlum qildi.

“Mahalliy tölov tizimlari (Uzcard va Humo) kartalarini Apple Pay xizmatiga ulaş böyiça tegişli işlar davom ettirilmoqda va ularni xizmatga ulaş imkoniyati tez orada taqdim etiladi”, – deyiladi MB xabarida.

27-oktabrdan boşlab Apple Pay va Google Pay xizmatlari Özbekiston banklari çiqargan kartalarni ham qöllab-quvvatlay boşladi. Ammo hozirgi bosqiçda faqat ayrim banklarning Visa va Mastercard kartalarini bu servislarga ulaş mumkin.

Markaziy bankning Apple Pay xizmati işga tuşirilgani haqidagi xabarida aytilişiça, xizmatdan foydalaniş imkoniyati banklar va tölov tizimlarining texnik tayyorligiga qarab bosqiçma-bosqiç kengaytirib boriladi.

MBning qayd etişiça, hozirda Apple Pay xizmatiga quyidagi banklar tomonidan çiqarilgan Visa va Mastercard kartalarini ulaş mumkin:

  • Özbekiston Milliy banki - Visa va Mastercard;

  • Ipak Yuli Bank - Visa va Mastercard ;

  • Orient Finans Bank - Visa va Mastercard;

  • Kapitalbank - Visa va Mastercard;

  • TBC Bank - Visa va Mastercard;

  • Octobank - Visa va Mastercard;

  • Hamkorbank - Visa;

  • Uzum Bank - Visa.

“Apple Pay orqali tölovlarni amalga oşirişda karta maʼlumotlarining maxfiyligi va tölovlarning xavfsizligi maxsus texnologiyalar yordamida taʼminlanadi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

Google Wallet ilovasida körsatilişiça, Google Pay quyidagi kartalarni qöllab-quvvatlaydi:

  • AVO Bank - Mastercard;

  • Octobank - Visa, Mastercard;