5-oktabr kuni Markaziy bankda bank va tölov xizmatlaridagi komissiyalarga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. Unda tijorat banklari, tölov taşkilotlari, tölov tizimlari va OAV vakillari iştirok etdi.

Muhokamada Uzcard va Humo tariflari qanday şakllanişi, ularning oşirilişi banklar hamda yakuniy isteʼmolçilarga qanday taʼsir qilişi yuzasidan bahs böldi.

“Manfaat tölov tizimlarida yiğilyapti”

Iqtisodçi Otabek Bakirovning fikriça, muhokamaning asosiy mavzusi isteʼmolçilar tölayotgan komissiyalar va ularning oşiş sabablari bölişi kerak.

U banklar hamda tölov taşkilotlari öz xizmatlaridan juda kam daromad qolayotganini aytayotgan bir paytda, tölov tizimlarining daromadliligi va tarif siyosatiga eʼtibor qaratiş zarurligini taʼkidladi.

“Bu yerda baʼzi bir fikrlar aytilib ketildi, kam marjinali deb. Heç ham kam marjinali deb bölmaydi trillionlab foyda olib turgan tölov tizimlarining faoliyati haqida.

Milliy bank rahbarlaridan biri juda yaxşi fikrni aytdi: bankka heç narsa qolmayapti deyarli. Tölov taşkilotlariga ham heç narsa qolayotgani yöq. Oxirgi bir yarim, ikki yilni hisobga oladigan bölsak, butun manfaatdorlik va benefitsiarlik tölov tizimlarining çöntagida yiğilyapti. Biz mana şu masalani muhokama qilişimiz kerak. Regulyatorimizdan söraydigan asosiy masala ham regulyatsiyaning radarini şu tarafga qaratişdan iborat bölişi kerak”, - dedi Bakirov.

Iqtisodçi tölovlar bozori va aylanmalar kengayib borayotganini ham tariflarni baholaşda hisobga oliş kerakligini bildirdi. Unga köra, operatsiyalar hajmining ösişi fonida faqat xarajatlar oşayotganini keltiriş bilan çeklanib bölmaydi.

Bakirov Markaziy bankdan komissiyalarni maʼmuriy yöl bilan belgilaşni söramayotganini alohida qayd etdi. U regulyator raqobatni kuçaytiriş va bozordagi rağbatlarni özgartiriş orqali operatorlarga taʼsir körsatişi mumkinligini aytdi.

“Men ham xuddi siz singari Markaziy bank tariflarni belgilab berişi tarafdori emasman. Lekin Markaziy bank hamişa raqobat va isteʼmolçilar tarafida turişi kerak.