Toşkent şahar iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor mas'uliyati çeklangan jamiyatdan undiruvçi “GST KOREA CO LTD” kompaniyasi foydasiga 62.427,28 AQŞ dollari, 4.100.000 söm davlat boji va 7.200 söm poçta xarajati undiriş belgilangan.

Uşbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumani bölimi iş yurituviga kelib tuşgan. 

Foto: MIB

Ijro harakatlari davomida, bölim davlat ijroçilari tomonidan qarzdorning mol-mulklarini aniqlaş maqsadida tegişli idoralarga sörovnomalar yuborilgan va hisob raqamiga band solingan. 

Qarzdor mas'uliyati çeklangan jamiyatning yuridik manziliga çiqilib, MÇJga tegişli 1 dona tugallanmagan binosi xatlangan.

Natijada, qarzdordan joriy yilning 19 mart kuni  334.000.000 söm naqd pul mablaği undirilib, pul mablaği konvertatsiya qilindi va “GST KOREA CO LTD” kompaniyasi hisob raqamiga ötkazib berildi.