Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 66 kilometr janubi-sharqda, Piskent tumani hududida joylashgan. Zilzila oʻchogʻining chuqurligi 15 kilometrni tashkil etgan.
Hududlarda zilzilaning sezilish kuchi va epitsentrgacha boʻlgan masofa quyidagicha boʻlgan:
Olmaliq shahrida - 3 ball, 9 kilometr;
Piskent tumanida - 2–3 ball, 23 kilometr;
Ohangaron tumanida - 2 ball, 26 kilometr;
Nurafshon shahrida - 2 ball, 40 kilometr;
Angren shahrida - 2 ball, 41 kilometr.
Zilzila epitsentri koordinatalari 40,79 daraja shimoliy kenglik va 69,69 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan.

















