Londonda hibsga olingan WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning otasi Jon Şipton Avstraliya hukumatiga öğlining öz vataniga ekstraditsiya qilinişiga erişiş çaqiriği bilan murojaat qildi. U bu haqda Avstraliyaning Herald Sun naşriga ma'lum qilgan. Şiptonning fikriça, bu barça uçun maqbul variant bölardi. Otaning ta'kidlaşiça, u öğlining Ekvador elçixonasida 7 yil yaşaganidan keyingi holatidan karaxt holga tuşgan. “Men uni politsiyaçilar zinalardan tortqilab olib tuşayotganlarini kördim va uning körinişi yaxşi emas edi. Men 74 yoşdaman va garçi u 47 yoşda bölsa ham undan yaxşiroq körinişdaman”, deb aytgan ota. 

Avvalroq Avstraliya boş vaziri Skott Morrison Kanberra Assanj atrofidagi vaziyat bilan boğliq holda alohida çoralar köriş istagidamasligini aytgan.

Avstraliyalik Julian Assanj u asos solgan WikiLeaks sayti 2010 yilda AQŞ davlat departamenti hamda AQŞning Iroq va Afğonistondagi harbiy harakatlariga taalluqli maxfiy hujjatlarni e'lon qilgandan keyin keng tanilgan. 

Şu sababli Assanj AQŞga ekstraditsiya qilinişi mumkin. Unga AQŞda 5 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.