Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining (YaUPM) statistik ma'lumotlariga binoan, 2019 yilning 1-çorak natijalari qator körsatkiçlar böyiça stabil ösişni namoyon etdi.

Joriy yilning 1-çoragida elektron kommersiya orqali amalga oşirilgan tranzaksiyalar soni 73,8 mln. ni taşkil etib, 2018 yilning ötgan 4-çoragida belgilangan 72,1 mln.lik holatiga nisbatan 1,69 mln. söm farq bilan 2,3% lik ösişni qayd etdi.

2019 yilning 1-çoragida elektron kommersiya böyiça amalga oşirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2 516 316 mln. sömni taşkil etdi. Uşbu körsatkiç 2018 yilning 4-çorakida qayd     etilgan 2 017 000 mln. sömga nisbatan 499,3 mlrd. söm farq bilan 24,8% lik ösişni körsatmoqda.

Joriy yilning 1-çoragida POS-terminallar orqali amalga oşirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 131,9 mln. tani, miqdorda esa 15 166 740 mln. sömni taşkil etdi.

Uşbu çorakda ATM (bankomat) qurilmalari orqali ötkazilgan naqd pul beriş amaliyotlari soni 11,3 mln.tani, miqdori esa  5 939 327  mln. sömni taşkil etgani belgilandi.

YaUPMning statistik ma'lumotlariga tayangan holda, muomalaga çiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni joriy yilning 1-çoragida 1 052 816 ta plastik kartani taşkil etgan bölsa, 2018 yilning 4-çoragida qayd etilgan 1 038 336 ta plastik kartalar soniga nisbatan 1,4%lik ösişni namoyon etdi.