Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) innovatsiya va sifat uçun Gold toifasida nufuzli International Star for Leadership mukofotiga ega böldi. Taqdirlaş marosimi 14 aprel kuni Jyenevada ötkazildi. Mazkur mukofot QC100 va BID Quality standartlariga muvofiqlikni tasdiqlaydi.
QC100 sifatning umumiy boşqaruvi modeli dunyoning 100dan ortiq mamlakatlarida foydalaniladi. Ayni modelning tuzilmasi kompaniyaning taşkiliy tuzilmasi va taşqi agentlarning barça tarkibiy qismlari örtasida samarali muloqot örnatiş uçun möljallangan Business Initiative Directions (BID) tomonidan işlab çiqilgan. Har yili BID şafe'ligida sifat masalasi bilan boğliq 7 ta anjuman taşkil etiladi. BIDning asosiy maqsadi butun dunyodagi kompaniya va taşkilotlarning sifat sohasidagi xizmatlarini tan oliş, şuningdek, butun dunyo böylab sifat madaniyatini tarğib qilişdir.

International Star for Leadership in Quality Award (ISAQ) mukofoti sifat madaniyatini tarğib qilişda kompaniya va taşkilotlar rahbarlarining xizmatlarini, şuningdek, QC 100 mezonlariga qat'iy rioya etilişini tasdiqlaydi. Uşbu mukofot kompaniyaning sifat istagini ifodalaydi va boşqaruv strategiyasi bölgan QC100 sifat modeli mezonlarini baholaş asosida beriladi. Sertifikatlaş BID konvensiyasi tomonidan tasdiqlangan bölib, u butun dunyo böylab xususiy va jamoat taşkilotlarining sifat madaniyati tamoyillarini tarqatiş bilan şuğullanadi.
Öz navbatida, YaUPM uşbu sertifikatning sohibi sifatida QC100 universal sifat menejmenti modeliga tayanib, xodimlar, ta'minotçilar va mijozlar orasida sifat madaniyatini joriy etib kelmoqda. YaUPM tomonidan xodimlar, ta'minotçilar va mijozlar orasida joriy etilgan sifat madaniyati quyidagi prinsiplarga rioya qilişni nazarda tutadi:
· mijozlar ehtiyojini qondiriş darajasini aniqlaş va korxona faoliyatining ijobiy natijalariga erişiş;
· QC100 modeli böyiça 100 sifat bölimiga muvofiq belgilangan sifat darajasiga erişiş;
· mas'uliyatli qarorlar qabul qilişda jamoaviy sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaş;
· mijozlarning ehtiyojlarini qondiriş va ularning talablarini qondiriş istagi;
· doimiy taraqqiyotga erişiş uçun kadrlar, texnik va iqtisodiy zahiralarni jalb qiliş;
· kadrlar zahirasini ularning malakasi darajasiga köra taqsimlaş;
· a'lo natijalarga erişiş uçun işlab çiqarişning eng arzon narxlardagi sohalarida xodimlarning e'tiborini nazorat qiliş.
ISAQ mukofoti 1986 yildan buyon öz mahsulotlarini va taqdim etayotgan xizmatlarini doimiy ravişda yaxşilaşga intilib kelayotgan kompaniya, taşkilotlarga innovatsiyalar, sifat menejmenti sohasidagi xizmatlari uçun har yili topşirib kelinadi. Mukofot ikki kunlik sifat Konvensiyasi davomida kompaniya rahbarlariga taqdim etiladi.











