Ayni paytda Toşkent şahri va respublikamizning sakkiz viloyatini hamda Qoraqalpoğiston Respublikasini boğlovçi M-39 — «Olmaota – Bişkek – Toşkent – Termiz» avtomobil yöli 865-kilometrining Toşkent viloyati Çinoz tumani hududida joylaşgan Yallama köprigida quriliş işlari olib borilmoqda.
Şu sababli respublikamizning boşqa viloyatlaridan Toşkent şahriga kelayotgan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelmoqda, deb yozadi ÖzA.
Toşkent viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining ÖzAga ma'lum qilişiça, «Olmaota – Bişkek – Toşkent – Termiz» avtomobil yölining 871-kilometrida joylaşgan ikkinçi darajali yöl orqali M-34 — «Toşkent – Duşanbe» yöliga ötib, Toşkent şahriga yetib oliş mumkin.
Toşkent viloyati YHXB haydovçilardan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraydi.











