Aslida bu köpçiligimiz yurgan, yurayotgan va yuradigan yöllar. Bu yöllarning sifatini stakan töla suvning tökilmasligi bilan baholaş tugul, aqalli idişdan suvni eplab iça olmaysiz. E’tirozlar bölsa, bemalol tajriba qilib körişingiz mumkin. Içayotgan suvingiz yo tomoğingizga tiqiladi, yoki yarmi egningizga tökiladi.

Biz harakatlanib borayotgan bu yöl Markaziy Osiyoning Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston davlatlaridan ötuvçi hamda xalqaro deya toifalanuvçi M-39 trassasi. Ya’ni respublikaning şimoliy hududlarini janub bilan tutaştiruvçi magistral yöl. Özimiznikilar ham, Osiyoning janubiy mintaqalariga mamlakatimiz orqali ötib-qaytuvçi xorijliklar ham şu yöldan yuradi. Özbekiston yöllar sifati böyiça dunyo reytingiga kiritilmaganini ötgan lavhalarimizda ham ma’lum qilgandik.

Yölning toifasi, maqomi va ahvoli bir-biriga qançalik mutanosib? Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari davlat qömitasining rasmiy saytida avtomobil yöllarining holatini körsatuvçi oçiq elektron xarita işlab turibdi. Statistik raqamlarda M-39 xalqaro trassasining Toşkent viloyatidan ötuvçi 65 km qismidan 54,2 kmi, ya’ni 83 foizi qoniqarli, 5,9 km qismi ta’mirtalab, 5 kmi esa ta’mirlanayotgani yozilgan.

Xarita onlaynligini hisobga olsak, biz yölda ta’mirlaş işlari olib borilayotganining guvohi bölmadik. “Qoniqarli” darajasi ham yölning qaysi sifatiga qarab berilişi qiziq. Çunki Sirdaryo tomon yurarkanmiz, risoladagidek yöl deyarli yöq. Ular yamalgan, notekis, çuqurçali, hatto trassa bordyurlari ham har 5–10 kmda turliça örnatib taşlangan. Yöllarimiz aniq bir konsepsiya doirasida qurilmagandek, har joyda har xil standart.

Sirdaryo viloyatiga yetib keldik. M-39 yölining 56-kmi. Avtomobil yöllari davlat qömitasining rasmiy saytiga yana yuzlansak, xalqaro yölning bu viloyatdan ötgan 44 kmidan 43 km qismi qoniqarli deya















