Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
M-39 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida yoriqlar paydo bo‘ldi. Yuk mashinalari Samarqand shahrini aylanib o‘tadi
Cho‘pon ota tepaligi yaqinida yo‘l yengil mashinalar uchun bir tomonlama tashkil etilgan. Janubiy viloyatlarga qatnaydigan yuk mashinalari esa M-37 yo‘li orqali aylanib o‘tadi.
M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati hududidan o‘tgan 1079-1080-kilometrlari oralig‘i, Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondagi Cho‘pon ota tepaligida yog‘ingarchiliklar va bir qator omillar ta’sirida yoriqlar paydo bo‘lgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 14 fevral kuni sodir bo‘lgan.
Shu sababli yengil mashinalar uchun M-39 yo‘lining sharqiy bo‘lagida bir tomonlama harakatlanish tashkil etilgan. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun yuk mashinalari boshqa yo‘llardan aylanib o‘tadi.
Yuk transport vositalari harakati quyidagicha tashkil etiladi.
Toshkent-Navoiy yo‘nalishiga M-39-4R-48 avtomobil yo‘llari chorrahasidan 4R-4, 4K-493v avtomobil yo‘llari orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Kitob-Toshkent yo‘nalishiga M-39, M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Toshkent-Kitob yo‘nalishiga M-37 - M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Qarshi- Toshkent yo‘nalishiga A-378, M-37a avtomobil yo‘llari kesishgan qismida tashkil etilgan aylanma harakatdan M-37a avtomobil yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Toshkent-Qarshi yo‘nalishiga M-37 –M-37a avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37a avtomobil yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
12:51 / 24.11.2025
Yo‘llarda chang va chiqindilarga qarshi: ochiq yuk platformalarini yopish talab etilyapti
10:44 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
14:42 / 03.06.2025