Ukrainaning bölğusi prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaning Bodrumida prezident Rajab Toyyib Erdöğan unga ajratgan tansoqçilar nigohi ostida dam olmoqda. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda “Strana.ua” naşri ma'lum qildi.
Avvalroq Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada dam olayotganini va bu uning oxirgi 4 oy içidagi ilk dam oliş kunlari ekanini ma'lum qilgan.
“Hozirda kurortda turli davlatlardan 20 ga yaqin yuqori lavozimli amaldor dam olmoqda, biroq heç kimga bunçalik yuqori e'tibor yöq. Zelenskiyning Erdöğan taqdim qilgan tansoqçilari juda jiddiy. Jurnalistlar uni restoranda ovqatlanayotganda suratga olişmoqçi bölişganda, tansoqçilar bunga keskin tarzda yöl qöyişmadi”, deb ma'lum qilingan xabarda.












