Variety naşri Gollivudning 2019 yilda eng katta haq olgan yulduzlari röyxatini tuzdi.
Reytingga köra, Netflix striming platformasi bilan işlovçi aktyorlar Sony va Warner Bros. kabi kompaniyalar bilan işlovçi hamkasblaridan köproq pul toparkanlar. Röyxatga 17 aktyor va aktrisa kiritilgan.
Daromadning kattaligi böyiça 1-örinni “Dedpul” filmi yulduzi Rayan Reynolds egalladi. U “6 Underground” jangari filmidagi roli uçun Netflix’dan 27 mln dollar olgan.
2-örinni Dueyn “Qoya” Jonson va Robert Dauni egallagan. Ularning ikkisi ham 20 mln dollardan haq olişgan. Jonson “Forsaj: Xobbs va Şou” filmida, Dauni esa “Doktor Dullitl sayohati” filmida suratga tuşgan.
Yetakçi beştalikdan Uill Smitt “Yomon yigitlar 3” filmi uçun 17 mln dollar va Jyeyson Stetxem “Forsaj: Xobbs va Şou” filmi uçun 13 mln dollar gonorar bilan örin egallagan.
Emili Blant 12-13 mln dollarlik, Gal Gadot 10 mln dollarlik va Margo Robbi 9-10 mln dollarlik gonorar bilan eng katta haq oluvçi aktrisalar deb topilgan.
Şuningdek, reytingga Tom Kruz (13 mln dollar), Bred Pitt (10 mln dollar), Leonardo di Kaprio (10 mln dollar), Idris Elba (8 mln dollar), Ben Afflek (8 mln dollar), Kristen Styuart (7 mln dollar), Martin Lourens (6 mln dollar), Xoakin Feniks (4,5 mln dollar) va Jyessika Çesteyn (2,5 mln dollar) kiritilgan.

Naşrning ta'kidlaşiça, ba'zi nomdor aktyorlar qiziqarli rol uçun kamroq haq olişga ham rozi böladilar. Misol uçun, Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt Kventin Tarantinoning “Bir kun Gollivudda” filmidagi rollari uçun 10 mln dollar gonorar olişga rozi bölişgan.












