Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov boşçiligidagi delegatsiya Belarus davlatida bölib turibdi. Bu haqda Allamjonov Facebook'dagi sahifasida ma'lum qildi.

“Belarus Respublikasi axborot vaziri Aleksandr Karlyukeviçning şaxsan taklifi bilan Belarus davlatiga bordik”, deb yozadi Komil Allamjonov.
Qayd etilişiça, taşrifdan közlangan maqsad – ommaviy axborot vositalari, media, noşirlik, matbaa va kitob çop etiş sohasida ikki tomonlama hamkorlik töğrisida şartnoma loyihalarini muhokama qilişdan iborat.
Taşrif doirasida, şuningdek, “Belarus ommaviy axborot vositalari” XXIII xalqaro ixtisoslaştirilgan körgazmasida iştirok etişni ham rejalaştirilgan.

“Körgazma orqali biz uşbu respublikada axborot sohasidagi sönggi tendensiyalar bilan tanişib, ikki mamlakat OAV örtasida hamkorlik yönalişlarini belgilaşni maqsad qilganmiz”, deb yozadi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari.











