Migratsiya agentligi direktori Muhsinxöja Abdurahmonov Belarusning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Özbekiston fuqarolarini Belarusga, xususan, Vitebsk viloyatiga uyuşgan tartibda işga joylaştiriş masalalari körib çiqildi.

Qayd etilişiça, viloyat iş beruvçilari 800 nafarga yaqin xodimga ehtiyoj bildirgan.

Iş örinlari çorvaçilik, traktorçilik, haydovçilik va yordamçi işlar yönalişlarida taklif etilmoqda. Nomzodlarning hujjatlari va kasbiy könikmalari dastlabki bosqiçda tekşiriladi, yakuniy tanlov esa Belarus iş beruvçilari bilan onlayn suhbatlar asosida ötkaziladi.

Tanlovga respublikaning barça hududlaridan talabgorlar jalb etiladi.

Şuningdek, fuqarolarning yöl xarajatlarini iş beruvçi tomonidan oldindan qoplaş imkoniyatini örganiş taklif etildi.