Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 may kuni zargarlik tarmoğini rivojlantiriş, zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçilarga şaroitni kengaytiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
«Zargarlik mahsulotlari butun dunyoda talab yuqori bölgan tovarlardandir. Jahon zargarlik sanoatida işlab çiqariş hajmi yiliga 5-6 foizga ösayotgani, tovar aylanmasi 250 milliard dollardan oşayotgani uning ulkan eksport salohiyatidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda bu tarmoq e'tibordan çetda qolgandi. Zargarlik korxonalari asbob-uskunalarining 80 foizi eskirgan, ayrimlarida işlab çiqariş töxtagan edi.
Qimmatbaho metallarni zargarlarga sotişda ham köplab çeklovlar bor edi. Joriy yil 1 martdan boşlab qimmatbaho metallarni işlab çiqaruvçilarga birja orqali töğridan-töğri sotişga ruxsat berildi.
Endigi maqsad – zargarlikni çinakam sanoat darajasiga olib çiqiş», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari buning uçun xomaşyodan samarali foydalaniş, tarmoqqa faol investitsiya jalb etib, zamonaviy işlab çiqarişni taşkil etiş kerakligini ta'kidlagan.
«Tilla, platina va kumuş narxi yuqoriligi sababli tizim korxonalari aylanma mablaği köp emas. Şu bois zargarlik sanoatida soliq yukini qayta körib çiqiş, import qilinadigan xomaşyo va uskunalarni bojxona tölovlaridan ozod qiliş böyiça topşiriqlar berildi.
Davlat zargarlik korxonalariga xalqaro brendga ega kompaniyalar investitsiyalarini jalb qiliş, işlab çiqaruvçilar uçun qimmatbaho metallar xarid qilişga imtiyozli kredit ajratib, ularni qöllab-quvvatlaş zarurligi qayd etildi.
Yurtimizda zargarlik asosan taqinçoqlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Aslida esa bu sohaning yönalişlari köp. Tilladan yasalgan soat, ruçka va turli esdalik sovğalari, kumuşdan tayyorlangan oşxona töplamlari jahon bozorida juda xaridorgir.
Masalan, 4 kilogramm kumuş işlatiladigan bitta oşxona töplami örtaça 4 ming dollar turadi. Mamlakatimizda yiliga yuz tonnadan ziyod kumuş işlab çiqarilişini inobatga olsak, bunday mahsulotlar eksportini bir neça million dollarga yetkaziş mumkinligi oydinlaşadi.
Yana bir masala. Özbekistonda berill, ametist, feruza, malaxit, lazurit, opal kabi qimmatbaho toşlar zaxiralari bölsa-da, ular sanoat darajasida özlaştirilmagan.
Şulardan kelib çiqib, yiğilişda zargarlikning barça turlarini rivojlantiriş, tarmoq uçun zarur toşlarni özlaştirişni yölga qöyiş böyiça körsatmalar berildi.
Hozirda yakka tartibdagi zargar-tadbirkorlar öz mahsulotlarini töğridan-töğri sotiş huquqiga ega emasligi sababli vositaçi dökonlarga topşirişga majbur bölmoqda. Şuningdek, asillik darajasini belgilaş, tayyor zargarlik buyumlarini çet elga olib çiqişga oid tartiblarning murakkabligi ham aholi va tadbirkorlarga noqulaylik tuğdirmoqda», deyiladi xabarda.

Prezident mazkur masalalarni hal etiş uçun zargarlik mahsulotlarini erkin bozorga olib çiqişdagi tösiqlarni olib taşlaş, yakka tartibda zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçilarga öz mahsulotlarini sotiş huquqini beriş zarurligini ta'kidlagan.
Asillik darajasini belgilovçi tamğani mahalliy işlab çiqaruvçi korxonaning özi qöyişi, jismoniy şaxslar tomonidan zargarlik buyumlarini çet elga olib çiqiş tartibi soddalaştirilişi lozimligi qayd etildi. Çakana savdo nuqtalarida zargarlik buyumlarini qabul qiliş va sotişning elektron hisobini yuritiş, noqonuniy savdoning oldini oliş böyiça topşiriqlar berilgan.
«Özbekzargarsanoati» uyuşmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş masalalariga ham e'tibor qaratilgan.
Yiğilişda berilgan topşiriq va zarur çora-tadbirlarni öz içiga olgan qaror loyihasi tayyorlaş vazifasi qöyilgan.












