9 may, payşanba kuni, milliarder Jyeff Bezos Blue Origin kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan, Oyga qöniş uçun kosmik apparat maketini taqdim etdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Qurilma Blue Moon nomi bilan ataldi, u yuk va texnikani Oy yuzasiga yetkazib bera oladi. Xususan, gap golfkar hajmi bilan teng bölgan törtta kiçik rover haqida ketmoqda. Bundan taşqari, Blue Moon Oydan sun'iy yöldoşlarni orbitaga çiqara oladi, deya xabar berdi Bezos.

«Biz işni öz muddatida oxiriga yetkaza olamiz, bu uç yil avval boşlanganligimiz sababli röy beradi. Qoliş maqsadida Oyga qaytib boriş vaqti keldi», - dedi Bezos.

Bezos 55 yoşda, u Amazon rahbari va asosçisi, şuningdek, Blue Origin hamda The Washington Post naşriyot uyi egasi. Forbes jurnaliga köra, u dunyodagi eng badavlat odam. Mart oyida Bezosning boyligi 131 milliard dollarga baholangan