Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasining Yer kodeksi qonun loyihasi joylaştirildi.

Yer töğrisidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asraş, tuproq sifatini yaxşilaş hamda uning unumdorligini oşiriş;

yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanişni ta'minlaş;

qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlarning, eng avvalo suğoriladigan yerlarning alohida muhofaza etilişini, kengaytirib borilişini hamda ulardan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanişni ta'minlaş;

qişloq xöjaligi yerlarining unumdorligini oşiriş, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş hamda yerlarni muhofaza qiliş tadbirlarini amalga oşirişni davlat yöli bilan va boşqa tarzda qöllab-quvvatlaş;

yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilişining oldini oliş, ekologik xavfsizlikni ta'minlaş;

yerdan foydalaniş şakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari iştirokçilarining teng huquqliligini ta'minlaş hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etiş;
 
yer uçastkalarga bölgan huquqlarni va yer uçastkalari yuzasidan bitimlarni davlat röyxatidan ötkazişning majburiyligi;

yerdan foydalanganlik uçun haq tölaş;

yer uçastkalarini ajratib berişda şaffoflikni ta'minlaş, ularni qaytarib olib qöyiş, yerdan foydalaniş maqsadini özgartiriş, yer uçastkalariga bölgan huquqlarni çeklaş töğrisidagi qarorlarning oşkoraligini va jamoatçilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qiliş;

yerlarning holati haqidagi axborotning töliq bölişini hamda undan erkin foydalanişga yöl qöyilişini ta'minlaş.

Özbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanişning belgilangan asosiy maqsadiga köra quyidagi toifalarga bölinadi:

1) qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar - qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun berilgan yoki ana şu maqsadga möljallangan yerlar. Qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar suğoriladigan va suğorilmaydigan (lalmikor) yerlardan iborat bölib, bular haydaladigan ekin yerlar, köp yillik mevali daraxtzorlar, böz yerlar, yaylov yerlar va meliorativ quriliş holatidagi yerlarga bölinadi;