Fransiyaga sayyohlarning kelişi 2018 yilda 89,4 million çet ellik körsatkiçi bilan jahon rekordiga yetdi. Bu haqda boş vazir Eduard Filip raisligidagi turizm böyiça qömita hisobotida aytiladi.
«2018 yil natijalariga köra, Fransiya xorijiy sayyohlar taşrif buyurişi böyiça dunyoda birinçi örinni saqlab qoldi», - deya bildirgan qömita. Uning qöşimça qilişiça, ötgan yili Fransiyaga taşrif buyurgan sayyohlar xarajatlari yillik hisobda 5 foiz darajaga ösdi va 56 milliard yevrodan oşib ketdi, bu esa yangi rekord hisoblanadi.
Turistlarning umumiy oqimi 2017 yil bilan taqqoslaganda 3 foiz darajaga oşdi. Köproq Osiyodagi aholi Fransiyaga qiziqiş bildirgan: 2018 yilda Yevropa respublikasiga bir yil avvalgi körsatkiçdan 7,4 foizga köproq odamlar keldi. Şunga qaramay, sayyohlar oqimining katta qismi boşqa Yevropa mamlakatlaridan Fransiyaga ötgan - bu 79 foiz.












