Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 42-maktab öquvçilari tik turib ta'lim olişadi. Bu bilim olişning innovatsion uslubi yo maxsus öqitiş metodi emas, şunçaki sinfdagi bolalarga parta va stullar yetmaydi. Ustiga ustak, sinfxonaning özi tovuq katagiday tor, bir aylansangiz tugab qoladiganlari ham bor. Va bu hammasi emas...

Video: YouTube

Video: Mover (tas-ix)

Joriy yilda Özbekistonning toğli va toğoldi hududlariga sel keldi va hamon bunday xavf saqlanib qolmoqda. Oltinsoy tumanida joylaşgan 42-maktab ham sel keliş xavfi yuqori bölgan soyböyi hududida joylaşgani tufayli vaqtinçalikka yopildi. Maktab ma'muriyati va öquvçilar Oltinsoy Iqtisodiyot va servis körsatiş kasb-hunar kolleji binosiga ötkazildi.

Aslida 120 örinli maktabgaça ta'lim muassasasi sifatida qurilgan, ayni paytda yopib qöyilgan maktabda ham öquvçilarga parta va stullar yetişmasdi. Bolalar navbatçilik asosida stullarga ötirib, ta'lim olib kelişgan. Endilikda kollej binosida ham şu muammo qaytarilmoqda. 

«Bitta maktabga haqqimiz yöqmi? Biz ham Özbekiston fuqarolari emasmizmi? Nega bolalarimiz uzoq yöl yurib, tik turib, oyna oldida doskaga möltirab qaraşi kerak, axir?», – deydi holatdan norozi bölgan ota-onalardan biri.

10 sinf öquvçilari biologiya fanini sport zalda, örta sinf öquvçilari informatikani daftar va kitobdan, tarixni esa oyna yonida tik turib örganmoqda.

Tuman Xalq ta'limi bölimi rahbari moslaştirilgan binodan çiqib, kollejga ötkazilgan maktab jamoasiga 26ta xona berilganini aytmoqda. Ammo kollej mezboni, direktor maktab uçun kollejdan 11ta xona ajratganini ma'lum qildi. 

«Qani bolalarning qiynalayotgani? Ikki smenada öqişni taşkil etsa böladi-ku? Nega ertaroq kelişmadi? Mening ham öquvçilarim bor (kollej öquvçilari nazarda tutilmoqda - tahr.), ular har kuni amaliyot hisobotini topşirgani keladi» , –  deydi u. 

Direktorning sözlari işonçsiz eşitildi, negaki, kun tuşdan oğgan bir paytda kollej binosida emas, uning atrofida ham uning öquvçilari yöq edi. Şunga qaramay, direktor yaqin atrofdagi maktablardan kasbiy ta'limni örganiş uçun maktabning yuqori sinf öquvçilari kelişini ta'kidladi. Bu gap ham işonçsiz çiqdi: ayni kollejga köçib ötgan 11 sinf öquvçilari tikuvçilikni «nasiya» qilib, uyga ravona bölib turganda közga taşlandi. 

«Kasbiy ta'lim juda zör va mahorat bilan ötilmaydi. Ba'zi kunlari darsga öqituvçi ham kelmaydi» , – deydi öquvçilardan biri. 

Agar kollej öquvçilari amaliyotga çiqib ketgan bölişsa, binoning yarmi böşab yotgan bir paytda, nega maktab jamoasi böş xonalardan foydalanişga haqli emas? Kollej direktorining niyati bizga tuşunarsiz böldi, ammo uning sözlari bir narsaga işora qilardi: kollejda ta'lim davom ettayotganini qoğozda bölsa-da, isbotlaş lozim. Şuning uçun xonalar saqlanmoqda. 

Qariyb 7 km masofadan piyoda har kuni maktabga qatnaydigan Ilyosning esa ta'limga bölgan muhabbati aslo sönmagan: uning ilinji hali bor. 

«Taxminan 10tadan ortiq katta-kiçik adirdan ötib, maktabga kelaman. Tez yursam, 1 soatda, sekin yursam, juda köp vaqt sarflab yetib kelaman. Men katta bölib, şifokor bölişni, odamlarni davolaşni istayman», –  deydi u. 

Ilyos bazör işlab turgan, şu kunlarda yopilib ketiş arafasida qolgan tibbiyot punktida işlab, qişloq ahlining salomatligini öylamoqda. Ammo oliy ma'lumotli, tajribali rahbarlar esa masalaga panja ortidan qarab, 7 km masofani tik adirlar orasidan kesib çiqayotgan Ilyosdek qişloq bolalariga açinmaydi. Ularning ta'limga bölgan iştiyoqi sönib qolişidan qörqmaydi.

Alişer Rözioxunov