Avstraliyaning Ğarbiy Avstraliya ştatida oltin izlovçi qiymati 100 ming dollar turuvçi oltin yombi topib oldi, deb yozadi West Australian gazetasi.

Gazetaning yozişiça, u şör köllar atrofida metallodetektor yordamida oğirligi 1,4 kilogrammli oltin yombi topib olgan. U yombini Finders Keepers Gold Prospecting magaziniga olib kelgan.

Magazin egasining aytişiça, bunday yombi 100 ming dollarga baholanadi. Uning qöşimça qilişiça, bunga öxşaş yombilar odatda oğir texnika yordamida topiladi.