Ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarida umumiy örta ta'lim maktablari direktori, sinf rahbarlari tomonidan majburiy ravişda ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslardan farzandlarini yozgi ta'til kunlarida töliq nazorat qilişlari böyiça tilxat olinayotganligi töğrisida turli xil ma'lumotlar tarqaldi.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini yozgi ta'til kunlarida nazorat qilişlari böyiça tilxat olişga körsatma berilmaganligini rasman ta'kidlab çiqdi.
Vazirlik axborot xizmati xabariga köra, öquvçilarning ota-onalari yoki ularning örnini bosuvçi şaxslardan turli mazmundagi tilxat olinişi maktab direktori va sinf rahbari tomonidan özboşimçalik bilan amalga oşirilgan xatti-harakatdir.
Xalq ta'limi vazirligi bu kabi holatlar sodir bölganida ota-onalar maktab vakillariga bunday harakati notöğri ekanligini tuşuntirişlari lozim. Öz navbatida mana şunday xatti-harakatlar yuzasidan vazirlikning 10-06 işonç telefoniga qönğiroq qiliş zarur. XTV tomonidan aniqlangan har bir salbiy ğayriqonuniy holat yuzasidan maktab direktori, sinf rahbari va mutasaddilarga nisbatan qonunçilik doirasida jazo çoralari köriladi.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yozgi ta'til davrida öquvçilarning xavfsizligini ta'minlaş, huquqbuzarlik va jinoyatçilikka yöl qöymaslik çoralarini köriş, ta'tilni mazmunli ötkaziş böyiça maktablarda ota-onalar yiğilişlarini ötkaziş va uşbu yiğilişlarda ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga tegişli tavsiyalar beriş yuzasidan barça xalq ta'limi hududiy boşqarmalariga körsatmalar berildi, deyiladi xabarda.












