Yevropa ligasi finaliga çiqqan Londonning ikki klubi özaro uçraşuv uçun özlariga ajratilgan çiptalarning bir qismini qaytarib beradigan böldi.

The Times xabariga köra, «Arsenal» va «Çelsi» jami 6000tadan köproq, mos ravişda 3500 va 2000tadan çiptani realizatsiya qila olmagan.

Ma'lum bölişiça, UYeFA final iştirokçilariga 5800tadan çipta ajratgan. Bu – Bokudagi «Olimpiya» stadioni siğimining 10 foizidan kamroğini taşkil etadi. Musobaqa taşkilotçisi Ozarboyjon poytaxtiga yetib boriş imkoniyati çeklangani tufayli şunday qarorga kelgan.

Qolaversa, UYeFA homiylari ham özlariga tegişli 2000ta çiptaning barçasini tarqatib tugata olmagan, şu bois ma'lum qismini UYeFAga qaytarib yuborişiga töğri kelgan.

Ingliz klublari va homiylar qaytarib bergan çiptalar endilikda Ozarboyjonda mahalliy muxlislar uçun sotuvga çiqariladi. Hozirgaça mezbon mamlakatda 23 mingdan ortiq çipta sotilgan. Qöşimça biletlarga talab bor-yöqligi noma'lum.

Qayd etilişiça, Bokuga aviareyslarning kamligi, mavjud samolyot çiptalarining ham narxi qimmatligi, parvoz vaqtining uzoqligi, viza bilan boğliq muammolar va öyinning keç vaqtga belgilangani (mahalliy vaqt bilan soat 23:00) kabi omillar tufayli muxlislar finalni bevosita tomoşa qiliş istagidan voz keçişmoqda.

Avvalroq «Liverpul» boş murabbiyi Yurgen Klopp «Bokudagi mehmonxonalarda 100 funtlik nomerlarning narxi 2700 funtga kötarilib ketgani»ni eşitgani haqida aytgan edi.

Şuningdek, «Arsenal» bir neça marotaba UYeFA yevrokubok finali uçun Boku şahrini tanlaganini tanqid qilib çiqdi.