29-30 may kunlari Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev Özbekistonga taşrif buyuradi va 30 may kuni Toşkentda Rossiya - Özbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qöşma komissiya yiğilişida iştirok etadi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmatiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.
«Dmitriy Medvedev va Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Rossiya - Özbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qöşma komissiyaning yiğilişini ötkazadilar, - deyiladi xabarda. - Şuningdek, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşişi rejalaştirilgan».
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiliş möljallangan.
Bundan taşqari, tomonlar energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qişloq xöjaligida yirik qöşma loyihalarni amalga oşirişni muhokama qiladilar.
Taşrif doirasida turli sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolanadi.












