Samarqand viloyat matbuot markazida «Bahodir Yalangtöşning Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan örni» mavzusida Samarqandda yaqinda ötadigan xalqaro konferensiya va «Şarq taronalari» XII xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Unda viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Rustam Qobilov jurnalistlarga ma'lumot berdi va savollarga javob qaytardi. Anjuman mobaynida kelayotgan loyihalardan namunalar namoyiş qilindi.

Samarqand şahrining ötmişdagi hokimi, Registon majmuasidagi Şerdor va Tillakori madrasalari bunyodkori hisoblanadigan Bahodir Yalangtöşning harbiy salohiyati, bunyodkorlik işlariga bağişlangan «Bahodir Yalangtöşning Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan örni» mavzusidagi xalqaro konferensiya şu yilning yil 20 iyun kuni Samarqand şahrida ötkazilişi e'lon qilindi.

Mana şu sanagaça Samarqand şahrining miloddan avvalgi davrda paydo bölgan onlaridan boşlab bugungi kunigaça qamrab olgan yangi kitob-albom bosmadan çiqişi ham e'lon qilindi.

Şuningdek, ön ikkinçi marta taşkillaştirilayotgan «Şarq taronalari» xalqaro festivaliga tayyorgarlik işlari haqida ma'lumot berildi. Xususan, uning logotipi zamonaviyroq qilib boşqatdan tayyorlanayotgani, biroq yakuniy variant hozirça tasdiqlanmagani e'lon qilindi.

Jurnalistlar har ikki muhim xalqaro tadbirni ötkaziş yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi, şuningdek, taşkiliy qömita xalqaro anjumanlarni ötkazişda, xususan, jurnalistlar uçun zarur şart-şaroitlar yaratilişida xorijiy davlatlarning ayrim ijobiy tajribasidan foydalanişi taklif etildi.