Samarqand şahrida röy bergan va kuzatiş kameralariga yozib qolingan avtohalokat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Unda svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğiga töxtamasdan çorrahani kesib ötib, piyodalar ötiş yölkasidan ötib borayotgan maktab öquvçilaridan birini urib yuborgan “Damas” avtomaşinasi tasvirlangan.

Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasining Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi mazkur yöl-transport hodisasi böyiça Kun.uz’ga ma'lumot taqdim etdi.

YXHB xabarnomasiga köra, YTH 21 may kuni soat 11:30 larda Samarqand şahrining Panjakent köçasida sodir bölgan.

Urgut tumanida istiqomat qiluvçi, 1966 yilda tuğilgan fuqaro N.Q. öz boşqaruvida bölgan “Damas” avtomaşinasida harakatni svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğida davom ettirib, 2011 yilda tuğilgan F.T.ni urib yuborgan. F.T. olingan tan jarohatlari tufayli Respublika şoşilinç tez yordam ilmiy markazining Samarqand bölimiga yotqizilgan. 

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.