Yaponiya AQŞdan 105 dona beşinçi avlod F-35 jangovar samolyotlarini sotib oladi. Bu haqda Yaponiya boş vaziri AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Tokioda bölib ötgan uçraşuv yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Yaponiya 2018 yilda Amerika qurollarini sotib olgan eng yirik xaridorlardan biri böldi. Hozir esa 105 dona yangi F-35 sotib olişini bildirdi", - dedi Tramp.

F-35 - "stels" texnologiyasi qöllanilgan holda işlab çiqarilgan va yadroviy qurolni taşiy olişga qodir samolyot hisoblanadi. Mazkur samolyot loyihasini yaratişda AQŞ bilan birga sakkiz davlat: Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya va Turkiya iştirok etgan.

Yaponiya mudofaa kuçlari hozirda 13 dona ana şunday samolyotga ega. Avvalroq Yaponiya AQŞdan yuzdan ortiq F-35 samolyoti sotib olişi haqida xabarlar çiqqandi.