Özbekiston va Germaniya prezidentlarining muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi böldi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Axborot almaşiş va uni himoya qiliş, parnik gazlari çiqarilişini kamaytiriş va iqlim özgarişlariga moslaşiş, «Volkswagen» kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari işlab çiqariş töğrisida va boşqa hujjatlar imzolandi. Prezident uşbu kelişuvlar, ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Germaniyaning "Integra GmbH" va "Vamed Engineering GmbH" kompaniyalari hamkorligida Toşkent şahrida Yadroviy tibbiyot va nurli terapiya markazini taşkil etiş böyiça bitim xalqimiz uçun katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Ommaviy axborot vositalari uçun ötkazilgan brifingda prezidentlar muzokaralar an'anaviy döstlik, oçiqlik va özaro anglaşuv ruhida ötgani, muhim kelişuvlarga erişilganini qayd etdi.

– Joriy yil yanvar oyida Berlin şahrida ötgan uçraşuvimizning mantiqiy davomi bölgan bugungi muzokaralar natijalaridan töla mamnunman, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barça yönalişlari – siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa köplab sohalarga doir masalalar atrofliça körib çiqildi. Özbekiston va Germaniya hamkorligining bugungi holati muhokama qilinib, kelgusi ustuvor yönalişlar va vazifalar belgilab olindi.

– Özbekistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda ösiş röy berayotganini köryapmiz va bunga hurmat bilan qaraymiz. Katta delegatsiyadan iborat uşbu taşrifimiz ham hamkorlikni kengaytirişga intilişimiz va qöllab-quvvatlaşimizdan dalolat beradi. Mamlakatlarimiz örtasida va Yevropa ittifoqi doirasidagi aloqalarga doir keng kölamli masalalarni muhokama qilganimizdan, ularning natijalaridan mamnunmiz, – dedi Frank-Valter Ştaynmayyer. 

Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-madaniy munosabatlar rivojiga hissa qöşib kelayotgan Germaniya taşkilotlari va vakillariga minnatdorlik bildirdi.

GFR prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyerning mamlakatga rasmiy taşrifi davom etmoqda.