Germaniyaning Mercedes-Benz avtokonserni xarajatlarni qisqartiriş masalasida xodimlar vakillik kengaşi bilan yuzaga kelgan kelişmovçilik fonida mamlakatdagi zavodlarini yopiş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Kompaniyaning xodimlar bilan işlaş böyiça direktori Britta Zeger 12-noyabr, payşanba kuni maʼlum qilişiça, konsern xodimlar tomonidan muayyan yon berişlarni nazarda tutuvçi kelişuvga erişişi zarur.
«Hozirça bunday kelişuvga erişiş imkoniyati körinmayapti. Şu sababli biz Germaniyadagi qaysi korxonalarni saqlab qolişga moliyaviy imkoniyatimiz yetişini aniq va batafsil örganişga majburmiz», - dedi u Reuters agentligi qölga kiritgan içki foydalaniş uçun möljallangan intervyuda.
«Barçamiz zavodlarning yopilişidan har qanday yöl bilan qoçişni istaymiz. Ammo afsuski, endi bu variantni ham jiddiyroq körib çiqişga majburmiz», - deya qöşimça qildi Zeger.
Şu bilan birga, konsern boşqaruvi Germaniyadagi korxonalarga barça yangi investitsiyalarni töxtatib qöygan.
Iş vaqti va qöşimça tölovlar böyiça kelişmovçilik
Mercedes-Benz Germaniyada jami 12 ta işlab çiqariş majmuasiga ega.
Yengil avtomobillar segmentida foyda kamayib borayotgani sababli kompaniya rahbariyati xodimlardan iş haqi oşirilmagan holda köproq işlaşni talab qilmoqda.
Xususan, haftalik iş vaqtini 35 soatdan 40 soatgaça oşiriş masalasi muhokama qilinmoqda.
Biroq xodimlar vakillik kengaşi va IG Metall kasaba uyuşmasi bunga keskin qarşi. Çunki 35 soatlik iş haftasi kasaba uyuşmasining eng muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Britta Zegerning fikriça, öz vaqtida qisqartirilgan iş haftasini joriy etişga asos bölgan şaroitlar endi mavjud emas.
Uning taʼkidlaşiça, iş vaqtini uzaytiriş xodimlarning iş haqini kamaytirmasdan turib, mehnat unumdorligini tez oşiriş imkonini beradi.
Bundan taşqari, rahbariyat maxsus tölovlar, ixtiyoriy mukofotlar, jumladan, foyda taqsimotida iştirok etiş uçun beriladigan mablağlar, şuningdek, jamoa şartnomasida nazarda tutilgan taʼtil va Rojdestvo bayrami munosabati bilan tölanadigan qöşimça pullarni qisqartirişni rejalaştirmoqda.












