Butunjahon turistik taşkiloti (UNWTO) Yevropa mintaqaviy komissiyasining 2020 yilda ötkaziladigan 65-yubiley yiğilişi Özbekistonda bölib ötişi belgilandi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantiriş qömitasi matbuot xizmati.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi v.b. Abdulaziz Aqqulov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi 27-30 may kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb şahrida ötayotgan UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasining 64-yiğilişida iştirok etmoqda.

Komissiya kun tartibidan quyidagi masalalar muhokamasi örin oldi:

·      Boş kotibning 2018-2019 yillardagi dastur asosida bajarilgan işlar böyiça hisoboti;

·      Yevropa komissiyasining 2018-2019 yillarga möljallangan dasturi sarhisobi;

·      UNWTO boş kotibiyati va quyi taşkilotlariga nomzodlarni röyxatga oliş va ularni tasdiqlaş;

·      Yevropa komissiyasi Ijroiya qömitasi va boşqa yordamçi organlariga nomzodlarni röyxatga oliş, tayinlaş va h.k.

·      UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasining 65-yubiley yiğilişi ötkaziladigan mamlakatni belgilaş.

64-yiğiliş doirasida “Ösiş, innovatsiya va hamkorlik” mavzuida interaktiv seminar ham taşkil etildi.

Ta'kidlaş joizki, yiğilişda Özbekistonning turistik jozibadorligi taqdimoti bölib ötdi va u köpçilikda katta qiziqiş uyğotdi. Butunjahon sayyohlik taşkiloti boş kotibi Z.Pololikaşvili Özbekistonning sayyohlik salohiyatini yuqori baholab, Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlari yiğiliş iştirokçilarida katta taassurot qoldirganini ta'kidladi va jahonga yuz tutayotgan Özbekiston hamda prezident Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan oqilona siyosat haqida iliq fikrlar bildirdi.

Tadbir yakuniga köra, Z.Pololikaşvili 2020 yilda UNWTO Yevropa Komissiyasining 65 yillik yubileyi Özbekistonda bölib ötişi haqida e'lon qildi.