“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktablar ta'lim dasturini takomillaştiriş haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, hozirda maktablarda öqitilayotgan fanlarni kundalik hayotda qançalik kerak bölişi nuqtai nazaridan qayta körib çiqiş zarur. Ayrim fanlardan ötiladigan uzoq mintaqalardagi ösimlik yoki hayvonot dunyosi haqidagi ma'lumotlar hayot davomida umuman kerak bölmasligi mumkinligi aytiladi. 

“Ularning örniga şu bugun hayotiy zarur bölgan bilim va könikmalarni berişga yönaltirilgan predmetlarni maktab öquv dasturiga kiritiş, xususan, nutq talaffuzi, töğri ovqatlaniş madaniyati, aeroport va vokzallarda (şuningdek, amaliy tarzda samolyot va poyezdlarda) özini tutiş kabilarni özida qamrab olgan yangi fanlarni öqitiş zarur deb hisoblayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan maktab dasturlari (botanika, zoologiya, fizika, ximiya, algebra kabi fanlarni 20-30 foizga) qisqartirib, örniga zarur fanlar bilan boyitiş hisobiga xalq ta'limini rivojlantiriş taklif qilingan.