Rossiya 2020 yilda Tokioda ötadigan yozgi Olimpiya öyinlaridan çetlatilişi mumkin. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda The Sunday Times naşri ma'lum qildi.
Bunday qaror rossiyalik yengil atletikaçi, balandlikka sakrovçi Danil Lisenko iştirokidagi doping mojaro sababli qabul qilinişi mumkin. Sportçi doping-sinovlarni ötkazib yuborgani uçun 2 yilga musobaqalardan çetlatilgan. Naşr manbasiga köra, sportçi doping-sinovlar vaqtida göyoki betob bölganini tasdiqlovçi qalbaki hujjatlarni taqdim qilgan.
Uşbu iş böyiça tergovning borişidan xabardor manbalarning ta'kidlaşiça, Lisenkoning betobligi haqidagi tibbiy ma'lumotnomani mavjud bölmagan klinika bergan. Hujjatlarda öylab topilgan şifokorlar va soxta rekvizitlar körsatilgan. Hujjatda klinika körsatilgan manzilda taşlandiq bino joylaşgani aniqlangan.
Hujjatni qalbakilaştirişda Rossiya yengil atletika federatsiyasi (VFLA) xodimlari gumon qilingan. Naşr manbasining ta'kidlaşiça, agar ayblovlar öz tasdiğini topsa, Rossiya Olimpiadadan çetlatiladi.
Mart oyida Rossiya aksildoping agentligi – RUSADA boş direktori Yuriy Ganus rossiyalik yengil atletikaçilar 2020 yilgi Olimpiadada iştirok eta olişlariga şubha bildirgandi. Uning aytişiça, Rossiya sport yutuqlarining sofligi uçun kuraşişi va medallarni halol yöl bilan qölga kiritişi lozim.
2015 yilda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyuşmasi (IAAF) rossiyalik sportçilar tomonidan aksildoping qoidalari muntazam buzilgani sababli VFLAning faoliyatini töxtatgandi. Hozirda rossiyalik sportçilar xalqaro musobaqalarda individual ruxsat olişgandan keyin va neytral maqomda iştirok eta olişlari mumkin. Şu bilan birga IAAF VFLAning maqomini tiklaş böyiça işçi guruh taşkil etgan.












