Şarqiy Xitoy dengizida AQŞning Chancellorsville raketa kreyseri Rossiyaning «Admiral Vinogradov» kemasi oldini kesib ötdi. Rossiya kemasi zudlik bilan manyovr qilişi tufayli töqnaşuv oldi olindi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Xabarda aytilişiça, Chancellorsville kemasi kutilmaganda harakat yönalişini özgartirgan va «Admiral Vinogradov» kemasi oldidan 50 metr masofada kesib ötgan.

Amerika kemasi qömondonligiga norozilik bildirilgan, ammo hozirça bu voqea böyiça AQŞ tomoni hozirça izoh bermagan.

«Admiral Vinogradov» — qayiqlarga qarşi ulkan kema bölib, u aprel oyida «Varyag» kreyseri, «Admiral Tributs», «Oslyabya», «Soverşenniy» kemalari hamda «Igor Belousov» qutqaruv kemasi va «Irkut» tankeri bilan birgalikda qöşma maşğulotlar ötkaziş uçun Xitoy portiga kelgan.