AQŞ va Fransiya prezidentlari tomonidan Oq uy oldidagi ötloqda ötqazilgan yoş eman niholi yangi joyda ildiz otmasdan qurib qoldi, deb yozmoqda Le Figaro.

Daraxtning nobud bölişiga sabab sifatida AQŞga kiritilayotganda uzoq davom etgan fitosanitar karantin nazoratida uşlangani körsatilmoqda. Taxmin qilinişiça, buning oqibatida yoş daraxt yangi joyda ildiz ota olmagan.

Emmanuel Makron rafiqasi Brijit bilan Oq uyga 2018 yilning 25 aprelida taşrif buyurgan edi. Ularning taşrifi AQŞ va Fransiya örtasida aloqalar örnatilganligining 250 yilligiga bağişlangan edi. Öşanda prezidentlar oilasi Fransiyadan keltirilgan eman niholini Oq uy hovlisiga ekişgan edi.