AQŞ prezidenti Donald Tramp 12-noyabr kuni Vaşington Eron bilan bitim tuzişga ortiq ehtiyoj sezmayotganini bildirdi.
«Bizga Eron bilan kelişuv kerak emas. U kunlar allaqaçon ötib ketdi», - deb yozdi Amerika yetakçisi Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
U AQŞ «ularning (Eronning) pullarini olgani»ni hamda Hörmuz böğozini ham nazorat qilayotganini qayd etdi.
Tramp, şuningdek, avvalroq Eron masalasini tartibga soliş bilan şuğullangan vitse-prezident Jey Di Vensga asosiy eʼtiborni «demokratlar boşqarayotgan şahar va ştatlardagi ommaviy korrupsiya hamda jinoyatçilikka barham beriş»ga qaratişni topşirganini qöşimça qildi.
«U yerda har oy milliardlab dollar öğirlanmoqda», - deyu yozdi prezident.
Uning sözlariga köra, korrupsiyaga oid jiddiy muammolar, xususan, Minnesota, Kaliforniya va Illinoysda yaqqol közga taşlanmoqda.













