Rossiya va Belarus ittifoq davlat doirasida integratsiyani çuqurlaştiriş böyiça muzokaralarda yagona valuta joriy etiş masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi «Interfaks».
Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin Belarus iqtisodiyot vaziri Dmitriy Krutoy bilan uçraşuv yakunlariga köra bu masala markaziy banklar örtasidagi muzokaralarda körib çiqilişini, qaror esa ikki davlat prezidentlari tomonidan qabul qilinişi bildirdi.
Belarus iqtisodiyot vaziri yagona valuta borasidagi masala muzokaralarda asosiy örin tutmasligini ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, yagona iqtisodiy makon yaratişning asosiy şartlari barça yönalişlarda amalga oşirilişi, sönggi bosqiç esa yagona valuta bölişi lozim.
Rossiya va Belarus örtasida ittifoq davlati tuziş töğrisidagi şartnoma 1999 yil dekabrda imzolangan bölib, 2000 yildan kuçga kirgan.












