Samarqand viloyati hokimi örinbosari Rustam Qobilov şu kunlarda Samarqand şahri markazida joylaşgan universitet xiyobonidagi köp yillik daraxtlarning kesilişi borasidagi gap-sözlarga munosabat bildirdi.

– Universitet xiyobonidagi birorta ham daraxt kesilmaydi, aksinça, yana qöşimça arça va boşqa manzarali daraxtlar köçatlari ötqaziladi. Misol uçun, xiyobonda 2290 ta daraxt bölsa, ular soniga yana şunça qöşiladi. 

Samarqand talabalar soni köpligi böyiça Toşkent şahridan keyingi örinda turadi. Mazkur hudud mazmunan talabalar xiyoboniga aylantiriladi. Talabalar uçun nima kerak? Sport, piyodalar yuriş yölagi. Ayni vaqtda xiyobonda ikki xil – plitka terilgan va qumli, çang yölak bor. Ikkinçisida yurib bölmaydi, u ham velosiped uçun yölak qilinadi.  Har-har joyda sport uçun uskunalar örnatiladi, gullar ham yangilanadi. 

Ayni vaqtdagi yaşil maydonlar soyada yaxşi rivojlanmagani uçun ular ham almaştiriladi, qaytadan ekib parvarişlanadi. Buning uçun u yerdagi tuproqni ham almaştiramiz.  Tarqalgan gap-sözlarga kelsak, odamlar loyihadagi kamçiliklarni körib şunday xulosaga kelgan bölişi mumkin. Biz bu haqda 19 iyun kuni barça OAV vakillari uçun rasman ma'lumot e'lon qilamiz, – dedi Rustam Qobilov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.