Toşkent şahrida quriliş kompaniyasi 51 tup daraxtni kesib taşlagan. Bu haqda Ekoqömita xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, qömita xodimlari tomonidan Yaşnobod tumani Jarqörğon köçasida köp qavatli turar joy majmuasini qurayotgan “B.D.” MÇJ faoliyati örganilgan. Jarayonda quriliş maydonining kiriş-çiqiş yöllarida yuk maşinalari ğildiraklarini yuviş uçun blok-postlar qurilmagani, oqibatda loy va tuproq Jarqörğon köçasi böylab 2–2,5 km masofagaça yoyilib ketgani aniqlangan.

“Eski binolar buzilişidan hosil bölgan 126 188,9 tonna çiqindi va kotlovan qazişdan çiqqan 368 432 tonna tuproq qayerga olib ketilgani haqida korxona heç qanday hujjat taqdim eta olmagan. Hududda 12 036 tonna qattiq maişiy va quriliş çiqindisi belgilanmagan joyda töplab qöyilgan. Çiqindilarni olib çiqiş va oqova suvlarni taşiş böyiça şartnomalar ham tuzilmagan”, deyiladi xabarda.

Şuningdek, MÇJ 50 tup arça va 1 tup çinorni kesiş uçun ariza bergan. Biroq Toşkent şahar ekologiya boş boşqarmasi bunga ruxsat bermagan. Şunga qaramay, quriliş kompaniyasi daraxtlarni kesib taşlagan.

MÇJga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik va çiqindilarni noqonuniy joylaştirganlik uçun 5 mlrd 183,3 mln söm kompensatsiya tölovi hisoblangan. Yöq qilingan daraxtlar uçun ösimlik dunyosiga yetkazilgan 396 mln söm zararni qoplaş belgilangan.

Bundan taşqari, quriliş firmasiga kesib taşlangan har bir daraxt örniga 100 tupdan jami 5100 tup kamida 3 yillik köçat ekiş va ularni 3 yil davomida parvariş qiliş majburiyati yuklatilgan. MÇJ rahbariga 4,4 mln söm maʼmuriy jarima qöllanilgan.