17 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşev va jurnalistlar iştirokida brifing bölib ötdi.
Uşbu oçiq muloqot çoğida jurnalistlar tomonidan «ZörTV» telekanali orqali efirga uzatilayotgan «Boriga baraka» körsatuvining qonuniyligi xususidagi savolga Boş prokuror örinbosari javob bergandi.
«Ma'lum bir loyihaning qonuniy yoki noqonuniyligi haqida yuzaki fikr bildirib bölmaydi. Bu ma'lum bir protsessual tartibdagi tekşiruvlarni talab etadi. Çunki özingizga ham ma'lum, har qanday ayblov yetarli asoslarga ega bölişi kerak. Boz ustiga gap xususiy telekanaldagi televizion loyiha haqida ketmoqda va bu bevosita tadbirkorlik faoliyatiga aralaşuvni talab etadi. Buning ham belgilangan öziga xos talablari mavjud. Şu sababli, keling, yaxşisi hozir tugal fikrni aytiş maqsadga muvofiq emas, lekin albatta uşbu masalani nazoratga olib, batafsil körib çiqamiz va örganiş natijalari böyiça sizga qöşimça ma'lumot beramiz», degan Erkin Yöldoşev.
Şuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov ham özining feysbukdagi sahifasi orqali quyidagi fikrlarni bildirgan edi.
«Nodavlat telekanallarda mahsulot va xizmatlar savdosini köpaytirişga yönaltirilgan, pul va boşqa körinişidagi sovğalar öynaladigan körsatuvlar soni köpayib bormoqda. Nodavlat telekanallar körsatuvlar setkasi tahlili şuni körsatmoqdaki, telekanallar tizimli ravişda Lisenziya kelişuvi talablarini buzib kelişmoqda.
Yuqorida keltirilgan holatlar bizda asosli xavotirlar uyğotmoqda», degandi u.
Avvalroq Kun.uz sayti orqali «Boriga baraka körsatuvi qonuniymi?» sarlavhali maqola va unga nisbatan «ZörTV» telekanalining munosabati e'lon qilingan edi.











