20 iyun kuni Özbekiston umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul jarayoni boşlandi. 1-sinfga qabul ikki yöl bilan amalga oşiriladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan Toşkent şahridagi 81 ta talab yuqori maktablarda 1-sinfga qabul jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi. Maktablar röyxati bu yerda keltirilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul «Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti» asosida amalga oşiriladi.

Şu bilan birga qolgan 9610 ta maktabda qabul jarayoni ta'lim muassasasining özida bölib ötadi.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qaroriga köra, umumiy örta ta'limga qamrab oliş tuman (şahar) hokimliklarining qarori bilan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida amalga oşiriladi hamda maktab yoşidagi bolaning tayyorgarlik darajasidan qat'i nazar, tanlovsiz qabul qilinişi belgilangan.

Maktab yoşidagi bolalarni umumta'lim muassasasining 1-sinfiga qabul qiliş uçun ularning ota-onalari tomonidan öz hududi (mikrohududi)dagi maktabga quyidagi hujjatlar topşirilişi lozim:

– ota-onalar tomonidan umumta'lim muassasasi direktori nomiga ariza;

– ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi böyiça hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi körsatilgan holda);

– bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

– bolaning soğliği töğrisida tibbiy ma'lumotnoma;

– bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.