Yevropaning Airbus SA konserni Le-Burjye xalqaro aviasalonining ilk 3 kuni içida özining uzoq masofalarga möljallangan tor fyuzelyajli A321XLR modeliga 270 tadan köproq buyurtma oldi.

Aviasalonning 3-kuni Airbus’ning uşbu yangi modelidan dunyodagi eng yirik aviakompaniya American Airlines 50 dona buyurtirdi. 

Bundan taşqari, samolyot Avstraliyaning Qantas Airways Ltd aviakompaniyasida qiziqiş uyğotdi va kompaniya 36 dona A321XLR’ga buyurtma berdi.

Yana 50 ta laynerga Indigo Partners guruhi va uning tarkibiga kiruvçi boşqa 3 ta aviakompaniya: Wizz Air (20 dona), Frontier (18 dona) va jetSMART (12 dona) buyurtma berdi.

A321XLR’ning işlab çiqarilişi haqida 17 iyunda e'lon qilingan, birinçi samolyotlar 2023 yilda yetkazib berila boşlanadi. Samolyot 8,7 ming kmgaça masofalarga reyslarni bajara olişi kutilmoqda. Bu körsatkiç A321LR’nikidan 15 foizga köproqni taşkil qiladi. Airbus vakillarining ta'kidlaşiça, yangi model aviakompaniyalarga avvalgi modellarga nisbatan bir yölovçiga hisoblaganda yonilğini 30 foizga tejaş imkonini beradi. 

Yangi samolyotni hozirda keng fyuzelyajli samolyotlar uçayotgan, kamroq yuklangan uzoq magistral yönalişlarda qöllaş mumkin böladi.

Bundan taşqari, Taiwan China Airlines aviakompaniyasi 11 ta A321neödan sotib olişga va şunday samolyotdan 14 tasini lizingga olişga kelişuv imzoladi. Şuningdek, Irlandiyaning Accipiter Holdings lizing kompaniyasi 20 dona A320neödan xarid qiliş böyiça bitim tuzdi. 

Airbus aksiyalarining 20 iyunda Parij birjasidagi savdolar vaqtida narxi 0,4 foizga qimmatlagan. Yil boşidan esa kompaniya kapitallaşuvi 47 foizga oşib, 95,2 mlrd yevroga yetgan.