Zamonaviy ilğor davlatlarning belgilaridan biri bu rivojlangan transport tizimidir. Transport turlarining eng qulayi metro desak heç kim qarşilik qilmasa kerak. Lekin uning qurilişi qanday böladi? Uning qurilişidan heç kim aziyat çekmaydimi? Aholining rozi-rizoçiligi bilan böladimi özi? Aynan şunday masala bilan poytaxtimizning Sergeli tumanidan bir oila şikoyat bilan çiqdi.
Tumanning Çoştepa mahallasi, 177-uyda istiqomat qiluvçilar uçun bu metro qurilişi ança qimmatga tuşgan. Devorining yonidan ötib borayotgan yer usti metrosi ularning tinçini buzgan. Oilaning hadik va alam içida aytganlarini keltirib ötamiz.
video: youtube
video: mover (Tas-IX)
«2016 yil 25 sentyabrda şahar hokimiyati vakillari 40 nafar bölib kelişdi. Dam oliş kuni edi. Uyimizda quriliş işlari bölayotgan edi. Ular bizga qurilişni töxtatişimiz, köçişimiz kerakligini aytişdi. Şu bilan hamma qurilişlarni töxtatdik. Metro qurilişi işlari boşlanib ketdi. 130 tonnalik uskunasi bor. Yerga kirib kavlaydi. Işlaganida yer silkinadi. Uyda quyonlarim bor. Ularga ovqat beriş uçun borgan vaqtimda kran bilan katta toşni devorning oldiga taşladi. Ikkinçi qavat şunday oldimga qulab tuşdi. Men bolalarni bosib qoldi deb öyladim. Şok holatiga tuşib qoldim. Bolalar ortimdaligini körib özimga keldim. Mahalla odamlari yugurib kelişdi. Metro qurayotganlarning esa umuman işi bölmadi. Hokim kelib aytib ketganiga 2 yildan oşdi. 3 oydan keyin köçasizlar, keyin yana 3 oydan söng köçasizlar deyişadi. Sentabr kelsa 3 yil böladi. Heç qanday yangilik yöq. Qurilişlarimiz öşa joyida qolib ketdi. Içlari yorilib yotibdi.

Prokuratura, hokimliklardan javoblar kelgan. Çora körişlarini aytişgan. Heç çora körilmaydi. Oçiği agar uylarimizda qimirlaş bölsa, biz farqlay olmaymiz. Bu zilzilami yoki metro qurilişidagi katta maşinalar ötyaptimi? Bilmay qolamiz», deydi Şoira Qöşaqova.

Uy egalari bilan gaplaşib turgan vaqtimizda aholi murojaatlarini örganişimiz vaqtida bölib turuvçi odatiy hol yana qaytarildi. Murojaatlari javobsiz qolayotgan bir guruh qöşnilar biz kelganimizni eşitib, atrofimizni «örab» olişdi. Birma-bir öz dardlarini ayta ketişdi. Ulardan misollar keltiramiz.
«Bor-yöği 5 xonadonmiz. Bizning uylarni buzib kerakli işlarni qilişsa böldi. Yöl oçiladi. Ularga ham oson böladi, bizga ham. Hozirça aniq gap yöq. Aniq qilib «qolasizlar» yoki «buziladi» degan gap yöq. Buzsa buzvorsin, buzmasa aniğini aytsin. Uy içiga kirib ötiriş uçun ham ta'mirlaşim kerak, pul sarflaşim kerak. Pul sarflaganimdan söng, şart kelib uyingni buzamiz deb mehnatimni bir tiyin qilsa menga alam qiladi», deydi Gözal Rahimbayeva.
«Bu uyda endi remontini çala qilişgan vaqtda kelişib remontini töxtatişni aytişgan. Uylari avariyaviy holatda. Devorlari qulab ketdi. Biz pensiyadagi odam bölsak, bir kun mazamiz bölsa bir kun bölmaydi. Aniq gapni bilmay biror işni qilmay ötiribmiz» deydi Muhabbat Hoşimova.
«Bir oyda hal qilib beramiz deyişganiga ikki oy bölyapti. Hali darak yöq. Yaqinda yomğir yoğganda hamma suv içkariga kirdi. Ikki marta maşina urdi. Uyda yoriqlar bölib ketdi. Qöyilgan ustunlardan 6 metr narida bizning uy. Texnika kamida 12 metr uzoqlikda bölişi kerak ekan. Keçasi bilan işlaşadi. Vibratsiyasi kuçli. 2 yildan beri buzayotgan bölsa, qatnayapmiz hokimiyatga. Hal qilişga va'dalar berişadi. Oxirgisida ham «sizlarni bir oy içida köçirib çiqaramiz, bu yerda turişinglar mumkin emas» deyişdi. Natija esa bir xil. Boşqa joyga köçib ötişni heç kim xohlamaydi. Hovlida turişni hamma ham xohlaydi. Lekin texnika xavfsizligiga javob bermaydi», deydi Qudrat Nurmatov.
Uylarning oldiga borib, bor holatni kördik.

«Uyimiz oldidagi çuqurni 28 metr yer içigaça kavlanadi. Balandligi 30-40 metr çiqadi. Mana uyimiz oldidan 6 metr çiqadi. Xavfsizlik texnikasi yöq, umuman. Ikki yildan beri şu yerda quriliş bölyapti. Hamma ustunlar qöyilişi davomida tun-u kun işlaşmoqda. Hozir işlaşmayapti. Sutkada 1-2 soat işlaşmaydi. Qolgan vaqt kavlanganda çang-tözon. Şu ustunni kavlaşni ança vaqtdan beri aytamiz. Bolalarimiz köp. Biror narsa tuşib ketsa, heç kim javob bermaydi-ku», deydi murojaatçi.

Murojaatçilar bilan gaplaşgandan söng, uylarning atrofini özimiz ham bir közdan keçirdik. Murojaat qilgan ayolning uyi taşqaridan qaraganda ham abgor holatda. Uylar erta-indin qulaş arafasida turibdi.
Murojaatçilarning arzlarini tingladik. Endi tegişli davlat taşkilotlaridan izoh olişimiz kerak edi.
Dastlab, Sergeli tumani hokimligiga yöl oldik. Mutasaddilar bizga işçi guruh sifatida yurgan Toşkent şahar munitsipal aktivlarni boşqariş markazi vakili Dilşod Haşimovni körsatişdi. Mas'ul şaxs bizga buziliş rejasiga kiritilgan joylarni körsatib ötdi.


«Rejadagi sariq liniya içi metro uçun oçilişi nazarda tutilmoqda. Buning içida heç narsa bölmasligi kerak. Ştrixli kök liniya örnida avtobus bekati tuşadi. Viloyatdan kelgan avtobuslar şu yerga kelib joylaşadi. Buning yonida metro stansiyasi tuşmoqda. Bu buzilişlar qaçon bölişi hozirça noma'lum. Ikki qavatli uylardan ikkitasini buzdik. Hozir yana ikkitasini buzmoqçimiz. Balki şundan söng bu uylarni buzişga tuşarmiz. Hududdagilar ogohlantirib bölingan. Qaçon buzilişidan emas, umuman buzilişga tuşgani haqida xabarlari bor. Har bir fuqaroga aytib çiqilgan. Buziliş vaqtini men ham ayta olmayman. Ularning uylarini buziş ikkinçi bosqiçda böladi. Hozir birinçi bosqiçda iş olib borilmoqda. Uyi buzilgan fuqarolarga Çoştepadagi yangi qurilgan uylardan berilmoqda. Ularga ham şu joydan berilar, balki», deydi mutaxassis.

U bu holatga faqat «yuqori»dan, rahbarlardan ruxsat bölganidan keyin aniq javob bölişini aytdi.
Balki, «yuqori»dagilar aholining yaşab turgan boşpanalari bu ahvolda ekanligini bilişmas, balki ularga kör-körona «doklad»lar qilinyaptimi bunisi bizga qoronği. Lekin aytiş joizki, aholi har kuni hadikda yaşamoqda. Uyim bosib qolmasmikin, ertalab turib farzandlarimni soğ-omon körarmikinman, bu mavhumliklar tugarmikin degan savollar girdobida qolmoqda. Balki uşbu lavhalarni körib aniq javob bermayotgan rahbarlardan biror sado çiqib qolar? Minglab vatandoşlar ravnaqi uçun xizmat qiluvçi uşbu metro liniyalari deb bir neça xonadon vakillari ortiq aziyat çekib qolmasligiga umid qilamiz. Öylaymizki, yaqin vaqtlar içida hukumat vakillaridan aniq javob beriladi.
Bahodir Ahmedov













