Falastinni ozod qiliş harakati (FATH) AQŞning Falastinni rivojlantiriş uçun 50 mlrd dollar jalb qilinişini közda tutuvçi arab-isroil mojarosini tartibga soliş rejasini rad etdi. Bu haqda FATH bayonotiga iqtibos keltirgan holda Ynetnews naşri xabar berdi. 

AQŞ bitimning iqtisodiy tomonini 23 iyunda ma'lum qildi. 

FATH Oq uyning “asr bitimi” deb atalayotgan uşbu rejasini “falastin xalqiga taklif qilinayotgan va arab pullariga asoslangan pora” deb atadi. Taşkilot AQŞning taklifi haqiqatda mustaqil davlatni orzu qilayotgan falastinliklar umidlariga çek qöyadi, deb hisoblamoqda.

Reja doirasida Oq uy bevosita Falastinga 27,5 mlrd dollar sarmoya kiritişni va yana 22,8 mlrd dollar Misr, Iordaniya va Livanda yaşovçi falastinliklarga sarflaşni taklif qilgan. Reja mualliflarining hisob-kitobiga köra, buning natijasida Falastin yalpi içki mahsuloti 2 marotaba oşadi, işsizlik esa minimum darajagaça qisqaradi. 

Falastinlik siyosatçilar, jumladan Falastin prezidenti va FATH raisi Mahmud Abbos bu taklifni rad etdi.

“Siyosiy yeçim bölmagunça, masalaning iqtisodiy tomonini muhokama qilmaymiz”, deb aytgan Abbos. Unga falastinlik boşqa siyosatçilar ham qöşilişgan. Ularning ta'kidlaşiça, faklastinliklarga “AQŞ pullari emas”, balki Isroil okkupatsiyasidan xalos böliş talab etiladi va körinişiça, uşbu reja Isroil manfaatlari yölida yaratilgan.  

Uşbu reja Vaşington tomonidan Donald Tramp prezident bölgandan beri tayyorlanib kelinadi, biroq Falastin AQŞ Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgandan keyin 2017 yil dekabrdayoq AQŞning arab-isroil mojarosini tartibga solişdagi iştirokini rad etgan.