Samarqand şahridagi Amir Temur va Turkiston köçalari kesişmasi örtasidagi kanalizatsiya quduği maşinalarni ağdarilişiga sabab bölayotgani haqida xabar bergan edik.
Zarnews.uz sayti bu borada «Suvoqova» DUK Samarqand şahar filiali izohini e'lon qildi.
«Uşbu hodisa «Suvoqova» davlat unitar korxonasi Samarqand şahar filiali tomonidan örganildi. Aniqlanişiça, mazkur hududdan 400 millimetrlik quvurdan toza içimlik suvi ötgan. 2016 yilda mazkur suv quvuriga şu yerda qurilgan yangi köpqavatli uylar ulangan. Ulaniş jarayonlariga «Suvoqova» korxonasi tomonidan texnik şartlar belgilangan va quruvçiga suv tizimiga ulaniş borasida tuşunçalar berilib, jarayonga korxonamiz mutaxassislarining jalb etilişi lozimligi uqtirilgan.
Şunga qaramasdan, tadbirkorlar uyni tez muddatda quriş va topşiriş maqsadida bu texnik şartlarga rioya qilmagan.
Boz ustiga, yöldagi quduqlarga qöyilgan qopqoqlar ham davlat standartlariga mos kelmasligi oqibatida yuqoridagi baxsiz hodisa yuz bergan.
Şu bois quriliş işlari bilan şuğullanayotgan korxona va taşkilotlar kommunikatsiya tarmoqlariga ulanişda tegişli texnik şartlarga amal qilgan holda, işlarni davlat standartlariga muvofiq holda bajarişsagina, yuqoridagi köngilsiz hodisalarning oldi olinadi», — deyiladi «Suvoqova» DUK Samarqand şahar filiali izohida.
Demak, yöl örtasidan quvur ötkazişda texnik şartlarga rioya qilmagan, quduqni davlat standartlariga mos kelmaydigan qopqoq bilan yopgan quruvçilar «Damas» avtomaşinasiga yetkazilgan zararni töliq qoplab berişi, quduqdagi kamçiliklarni bartaraf etişi lozim.












