22 iyun kuni Buyukçekmejye tumanida joylaşgan fabrikada yuz bergan yonğin oqibatida 1981 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi Ğofur Tursunov halok böldi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi bergan ma'lumotga asoslanib TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilişiça, Turkiya huquqni muhofaza qiliş organlari mazkur holat yuzasidan tekşiruv işlarini boşlagan. 

“Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hozirgi vaqtda marhumning qarindoşlari bilan fuqaromiz jasadini dafn etiş uçun Özbekistonga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy masalalar ustida işlar olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Foto: CNN TÜRK 

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda Istanbul şahridagi mamlakatimiz boş konsulxonasiga +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi.