Rostexnadzor dunyodagi birinçi suzuvçi energetika blokidan foydalanişga ruxsat berdi. Bu haqda «Rosenergoatom» («Rosatom» tarkibiga kiradi) xabar berdi.

«Rosenergoatom» boş direktori Andrey Petrovning ma'lum qilişiça. Suzuvçi energoblokdan 2019 yil oxirida foydalaniş boşlanadi.

Xabarda aytilişiça, «Akademik Lomonosov» suzuvçi energobloki suzuvçi atom issiqlik elektrostansiyasi tarkibida Uzoq Şimol va Uzoq Şarqda joylaşgan korxonalar, şaharlar va neft platformalarini energiya bilan ta'minlaş maqsadida yaratilgan. Qayd etilişiça, mazkur loyiha ustida «Rosatom»ning yuzlab korxonalari iş olib borgan.

«Akademik Lomonosov» qurilişi 2007 yilda boşlangan. Suzuvçi AES kelgusida Çukotkadagi bir neçta issiqlik elektrostansiyalari örnini egallaydi. Uning loyihaviy quvvati 70 MVtga teng.