Amerika XXR raisi Si Tszinpin va AQŞ prezidenti Donald Trampning uçraşuvi yakunlariga köra Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar kiritmaslikka tayyorligini bildirdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Ikki davlat rahbarining 80 daqiqa davom etgan uçraşuvi Osakadagi G20 sammiti doirasida bölib ötdi.

Avvalroq Xitoy va AQŞ bir neça oy davomida savdo bahslarini tartibga soliş böyiça muzokaralar olib borgandi. Bu muzokaralarning oxirgi 10-raundi 9-10 may kunlari Vaşingtonda bölib ötgan, biroq şundan keyin ular boşi berk köçaga kirib qoldi. AQŞ 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj tölovini 10%dan 25%gaça oşirdi.

XXR bojxona boşqarmasining ma'lumotiga köra, Xitoy va AQŞ örtasidagi tovar almaşiş hajmi 2019 yilning beş oyi davomida ötgan yilning şu davriga nisbatan 14,58 foizga qisqardi.